“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 6-iyuldan start oladi
“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024-yilgi ikkinchi mavsumiga 6-iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda:
- loyihalar kiritish 6–26-iyul;
- loyihalarni saralash 26-iyul–15-avgust;
- targʻibot qilish 15–22-avgust;
- ovoz berish 22-avgust–1-sentyabr kunlari davomida oʻtkaziladi.
Ushbu mavsum uchun tuman va shahar byudjetlari hisobidan 2 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 milliard 360 million soʻmni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring