Tashabbuskorlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Erkabay Tadjiyev tashabbusi bilan 2-sektor hududi hisoblangan Toʻrtkoʻl tumanidagi mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika nozirlari faoliyati oʻrganilib, ularga amaliy yordamlar berildi.
Shu bilan birga, ularni bir dasturxon atrofida jamlab, ularning faoliyatlardagi muammolar, taklif va tavsiyalari eshitildi.
Ayniqsa, oʻrganishlarda faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan va yuksak tashabbuskorlik koʻrsatgan xodimlar aniqlab, ulardan 45 nafari turli qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil islohotlarni ommaga targʻib qilish va bunda alohida tashabbuskorlik koʻrsatgan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ham taqdirlandi.
Shu kuni bayram dasturxoni yozilib, madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan quy-qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring