“Tasanno — 2019” xalqaro milliy taomlar festivali tez kunlarda boʻlib oʻtadi

11:05 23 Sentyabr 2019 Madaniyat
3445 0

Yurtimizda oʻtkazilayotgan turli xalqaro anjumanlar, festivallar, sanʼat va adabiyot tadbirlari nafaqat xalqlarni oʻzaro yaqinlashtiradi, balki mamlakatimiz imijini oshirishga-da xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida “Tasanno-2019” xalqaro milliy taomlar festivali oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida ham bu haqda alohida eʼtirof etildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, ushbu xalqaro festival Qoʻmita tomonidan 2004-yildan buyon oʻtkazib kelinadi. Bu yilgi bellashuvda yurtimiz, qolaversa, Isroil, XXR, Latviya, Indoneziya, Belarus, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa mamlakatlari mohir oshpazlarining ishtiroki kutilmoqda. Gʻoliblarni aniqlashda hayʼat aʼzoligiga oʻzbekistonlik mashhur oshpazlar — milliy taomlar sanʼatining xalqaro va respublika tanlovlari laureatlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari taklif etilgan.

Matbuot anjumanida OAV xodimlari hamda tashkilotchilar bilan festivalni yuqori saviyada oʻtkazish va yoritish yuzasidan savol-javob oʻtkazildi, takliflar bildirildi.

Xalqaro festival 24-sentyabr kuni “Lotte city Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasi hovlisida boʻlib oʻtadi.

Yulduz OʻRMONOVA, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер