Tarixda ilk bor oʻzbekistonlik sportchi qilichbozlik boʻyicha jahon chempioni boʻldi
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqa dasturida oʻgʻil bolalar oʻrtasida sablya yoʻnalishida bahslar oʻtkazildi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov musobaqa doirasida barcha raqiblarini magʻlub etgan holda oltin medalga sazovor boʻldi.
U musobaqa davomida Kanada, Misr, Vengriya, AQSH va Germaniya vakillarini magʻlubiyatga uchratdi va jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Taʼkidlash kerak, bu mustaqil Oʻzbekiston tarixiga Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan qilichbozlik yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionatlaridagi birinchi oltin medal sifatida tarixga kirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring