Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Anqara — Turkiya Respublikasining poytaxti, mamlakatning siyosiy, maʼmuriy va madaniy markazi hisoblanib, qadimiy tarix va zamonaviy hayot uygʻunlashgan shahar oʻzining sokin muhiti va oʻziga xos qiyofasi bilan koʻplab sayyohlarning eʼtiborini tortadi.
Ayni vaqtda ushbu mamlakatda boʻlib turgan “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati fotomuxbiri shaharning goʻzal manzaralarini kamera obyektiviga muhrladi.
Anqara shahri geografik joylashuvi va iqlim sharoitiga koʻra, Turkiyaning boshqa shaharlaridan farq qiladigan oʻziga xos tabiatga ega. Baland tepaliklar ustida joylashgan shahardan keng manzaralar koʻzga tashlanadi.
Shaharning markaziy qismida joylashgan Qizilay maydoni doimo mahalliy aholi va mehmonlar bilan gavjum. Ushbu hudud poytaxtning eng faol hayot kechayotgan nuqtalaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, Anqaraning eng mashhur tarixiy maskanlaridan biri — Anitkabir majmuasi hisoblanib, ushbu yodgorlik Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk xotirasiga bagʻishlab barpo etilgan.
Shahardagi bogʻlar, madaniy maskanlar va zamonaviy inshootlar poytaxt qiyofasini yanada boyitadi. Shahar koʻchalari boʻylab sayr qilgan har bir mehmon Anqaraning sokin, mazmunli hayotini his etadi.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring