Tanzila Narbayeva: Hududlarga chiqqanda koʻryapmiz: muammo koʻp, odamlarda savollar toʻplanib qolgan. Lekin hamma senatorlar ham ularni eshityapti, deya olmaymiz.

10:50 19 Iyun 2020 Siyosat
1009 0

— Bugun masʼuliyat va fidoyilik har qachongidan ham muhim. Boisi, davrning oʻzi oldimizga murakkab va dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Eskicha yondashuvlar va ishlash uslublari bilan uzoqqa bora olmaymiz.

Biz – xalq vakillari har qachongidan koʻra koʻproq ishlashimiz, odamlarimizni tashvishga solayotgan masalalar yechimi ustida bosh qotirishimiz kerak.

Hududlarga chiqqanda koʻryapmiz: muammo koʻp, odamlarda savollar toʻplanib qolgan. Lekin hamma senatorlar ham ularni eshityapti, deya olmaymiz.

Biz hududlarga chiqqanda ijro organlari yoki boshqa tuzilmalar vakillaridan ishchi guruh tuzib, muammo axtarib yuribmiz. Aslida hududlardagi senatorlarimiz, deputatlarimiz bizni “muammolar portfeli” bilan kutib olishi yoki markazdan ishchi guruhi kelishini kutib oʻtirmasdan muammolarni Senat yoki mahalliy Kengash muhokamasiga kiritib borishi kerak emasmi?! Buning uchun vakolatlar yetarli-ku!

Ijtimoiy tarmoqlarga kirib koʻring, har kuni bir muammo bor. Hamma muhokama qiladi, munosabat bildiradi, xulosalarini aytadi, lekin oʻsha joydagi senatorlarimiz – jim. Vaholonki, yuqoridagi kabi muhim masalalarni mahalliy Kengashlar sessiyalarida yoki Senat majlislari muhokamasiga olib chiqish mumkin-ku! Zimmamizdagi vakillik masʼuliyatini xis qilmas ekanmiz, ishimizda natija boʻlmaydi.

Tanzila NARBAYEVA,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер