Tanzila Narbayeva “BMT – ayollar” tuzilmasining vakili Ulziysuren Jamsran bilan uchrashdi

18:32 13 Dekabr 2022 Siyosat
746 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Joriy yilning 13-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva “BMT – ayollar” tuzilmasining vakili Ulziysuren Jamsran bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va “BMT-ayollar” tuzilmasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish, xususan, ushbu tashkilotning mamlakatimizdagi faoliyatini yanada faollashtirish, kelgusida uning gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan ilgʻor tajriba markazini Oʻzbekistonda tashkil etish va boshqa istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Senat Raisi T.Narbayeva keyingi yillarda xotin-qizlar manfaatlarini taʼminlash borasida Oʻzbekistonda tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, bunda BMT tavsiyalari inobatga olinayotganini taʼkidlab oʻtdi. “BMT-ayollar” tashkiloti bilan hamkorlik esa Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti tashkil etilishi bilan tizimli tus olganligini alohida qayd etdi. Umuman, BMT institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar doirasidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlar, oʻz navbatida, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga toʻla mos kelishi aytib oʻtildi.

Oʻz navbatida U.Jamsran Oʻzbekiston jahon hamjamiyatida gender tenglikni taʼminlashda eng faol davlatlardan biri sifatida aniq chora-tadbirlarni, jumladan, 2021-yilda tasdiqlangan 2030-yilgacha boʻlgan gender tenglikka erishish boʻyicha Strategiyani amalga oshirayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi. Hamkorlikning yangi noyob yoʻnalishini yoʻlga qoʻyish taklifini ilgari surib, buni Oʻzbekiston xalqaro maydonda ham ilgʻor tashabbuslarni ilgari surgan xolda barchaga namuna boʻladigan standartlarni joriy qilayotgani bilan izohladi.

Yuqoridagi fikrlar kelib chiqib, Toshkent shahrida ilgʻor tajriba markazini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Bu markaz Oʻzbekiston tajribasini global miqyosda ilgari surishga xizmat qilishi alohida eʼtirof etildi.

Suhbat yakunida Oʻzbekistonda va “BMT-ayollar” tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер