Taniqli suxandon Oʻtkir Siddiqov vafot etdi

10:14 20 Noyabr 2023 Jamiyat
357 0

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, taniqli suxandon Oʻtkir Siddiqov 78 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

Oʻtkir Siddiqov 1945-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutining drama va kino aktyorligi yoʻnalishini tamomlagan. U 1968-yildan “Shodlik” ashula va raqs ansamblida ishlay boshlagan.

Oʻtkir Siddiqov boshlovchi sifatida bugungacha 8 mingga yaqin konsert va tadbirlarda qatnashgan. 1996-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni, 2017-yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер