Tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

11:47 03 Yanvar 2024 Jamiyat
570 0

Foto: Arxiv surat

Qonunchilikka koʻra, tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda (66 mln soʻmdan 132 mln soʻmgacha) jarima;

3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, mazkur harakatlar quyidagi holatda sodir etilgan boʻlsa, 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi:

juda koʻp miqdorda;

uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер