Taʼlim sohasida yangi va qulay elektron xizmatlar ishga tushiriladi

11:49 27 Mart 2023 Siyosat
523 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutaxassislari ishtirokida aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar koʻlamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.

Xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi elektron xizmatlarni tez orada ishga tushirish kelishib olindi:

— Maktab oʻquvchilarni 1-sinfga onlayn qabul xizmati;

— Oʻquvchilarni maktabdan maktabga onlayn koʻchirish xizmati;

— Elektron shahodatnomani yuklab olish xizmati;

— Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati;

— Talabalarga taʼlim kreditini onlayn ajratish xizmati va boshqalar.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti, maktab, oliy taʼlim tizimlarida yangi elektron xizmatlari joriy etiladi. Barcha takliflar tahlil etilib, qulay xizmatlarni joriy etish choralari koʻriladi.

Taʼlim sohasida joriy etilgan elektron xizmatlardan - Taʼlim sohasida elektron xizmatlar havolasi orqali foydalanish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер