Taʼlim muassasalari ochilmoqda, sport musobaqalari yana davom ettiriladi. Yevropa karantinni yumshatishning navbatdagi bosqichiga oʻtdi
Illyustrativ surat
1-iyundan boshlab Yevropaning bir qator mamlakatlari koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklovlarni yumshatmoqda.
Sport tadbirlari davom etadi, muxlislar yana futbol, tennis, ot sporti va boshqa musobaqalarni televizor orqali tomosha qilish imkoniyati ega boʻlishmoqda.
Xususan, Buyuk Britaniyadagi oʻquv muassasalari, maktablar va bolalar bogʻchalarini yana faoliyat yuritishiga ruxsat berilmoqda.
Niderlandiya va Finlyandiyada kafe hamda restoranlar oʻz faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, ushbu mamlakatlarda kinoteatrlar va muzeylar yana ishlay boshladi.
Norvegiya ham karantinni yumshatishning yangi bosqichiga oʻtdi. Endi ushbu davlat fuqarolariga Shimoliy Yevropaning boshqa mamlakatlariga xizmat safarlari qilish imkoniyati yaratildi. Bunday holda, 10 kunlik karantinga rioya qilishning hojati boʻlmaydi.
Gretsiyada 1-iyundan boshlab goʻzallik salonlari va mehmonxonalar qayta ochila boshlaydi.Pireney yarim orolining ikki mamlakatida karantinni yumshatishning yangi bosqichi boshlanadi. Shunday qilib, Ispaniyada Barselonadan tashqari, koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan barcha plyajlar ochildi. Barselonadagi plyajlar hozircha faoliyat koʻrsatmaydi. Bu yerda koronavirusni toʻliq nazoratga olishni imkoni yoʻq.
Benidorm kurort shahri meri plyajlarni boʻlaklarga boʻlish rejasini tuzishni buyurgan. Ushbu yondashuv sayyohlarni bir-biridan uzoqlashtiradi. Natijada ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilinadi. Bundan tashqari, plyajlarga kirish joylarida nazorat olib boriladi. Buning uchun zamonaviy texnologiyalar qoʻllaniladi.
Portugaliyada koronavirus tufayli oʻrnatilgan cheklovlarni yengillashtirishning uchinchi bosqichiga ishonch bilan oʻtdi.
1-iyundan boshlab mamlakatdagi deyarli barcha bolalar bogʻchalari, savdo markazlari, teatrlar, shuningdek, kinoteatrlar, sport zallari va boshqa madaniy obyektlar ochildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring