Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi
Joriy yilning 25–26-aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida OTM talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston kubogi” musobaqasi tashkil etiladi.
Musobaqaning mukofot jamg‘armasi quyidagicha:
1-o‘rin – 20 million so‘m;
2-o‘rin – 15 million so‘m;
3-o‘rin – 10 million so‘m.
Musobaqa g‘oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring