Talabalar Oliy Majlis Senati faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Oliy Majlis Senatida Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetining iqtidorli talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Talabalarga parlament yuqori palatasi — Senatning asosiy faoliyati va vakolatlari, senatorlar faoliyatining huquqiy asoslari, senatorlar huquq va majburiyatlari, parlament nazoratini olib borishning ayrim jihatlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalar Yoshlar parlamentining maqsad va vazifalari, uning yoshlarga oid davlat siyosatini shakllantirishdagi oʻrni va faoliyati haqida ham batafsil maʼlumotlarga ega boʻldi.
Mazkur tadbir yoshlar uchun nafaqat nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish, balki mamlakat parlament tizimi, demokratik islohotlar va qonunchilik jarayoni haqida bilib olish imkonini ham berdi.
Talabalar parlament yuqori palatasi faoliyatiga taalluqli koʻplab savollariga javob oldi, Senat qoʻmitalari hamda devoni faoliyatining jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring