“TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi
Fargʻona shahrida viloyat hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Milliy bank hamkorligida bitiruvchilar uchun kasb koʻrgazmasi tashkil qilindi.

Tadbir doirasidagi samimiy suhbatda mamlakatimizda barkamol avlod orzusi yoʻlida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati eʼtirof etildi. Xususan, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilariga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etishga qaratilgan tizimli ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

— “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi davomida bitiruvchi yoshlar uchun Milliy bank tomonidan “Kelajakka qadam”, “Xotin-qizlar tadbirkorligi” kabi dasturlar asosida taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi, — deydi Fargʻona viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Toʻychiboy Boymatov. — Shuningdek, viloyatdagi 300 dan ortiq ish beruvchi korxona-tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari 2 mingdan ziyod boʻsh ish oʻrinlarini taqdim etishdi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring