Taksistlarning yil davomida 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadi soliqqa tortilmaydi — Soliq qo‘mitasi

17:44 28 Fevral 2025 Jamiyat
295 0

Soliq qo‘mitasi tomonidan ma’lum qilinishicha, o‘zini o‘zi band qilgan taksistlarning 2024-yilda daromadi 100 million so‘mdan oshgan bo‘lsa ham, 2025-yilda hisob-kitob yana “nol”dan boshlanadi. 2025-yil davomida 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromad soliqqa tortilmaydi.

Bundan tashqari, taksi haydovchilari uchun qulay tizim ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, daromadi 100 million so‘mdan oshganda (lekin 1 milliard so‘mgacha) ular uchun soliqni soliq agentlari (taksi agregatori) to‘lov manbaida avtomatik hisoblash va byudjetga o‘tkazish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilgan.

Mazkur taklif qabul qilinib, qonunchilikka kiritilganida ushbu tartib asosida soliqqa tortish tizimi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер