Tayvanda 200 kundan buyon koronavirusning yangi holatlari aniqlanmayapti

00:58 30 Oktyabr 2020 Dunyo
800 0

Illyustrativ foto

Tayvanda koronavirusning yangi holati qayd etilmayotganiga 200 kundan oshdi.

Bunday natijaga erishishda hukumat tomonidan qabul qilingan tezkor choralar va karantin choralarini taʼminlash jarayonida texnologiyalardan foydalanish qoʻl kelgan deyiladi “Bloomberg” xabarida.

Hududda taxminan 20 kishida koronavirus tasdiqlangan. Ular boshqa Osiyo mintaqalaridan “kirib kelgan” va har bir holat kuzatuv ostiga olingan.

Qayd etish joizki, Tayvan epidemiyaning ilk kunlaridanoq qattiq choralar koʻrdi: barcha aholi niqob taqishi majburiy boʻldi, infeksiyaga chalinish holatlarini kuzatish uchun eng yangi texnologiyalardan foydalanildi, shuningdek, yil boshidanoq chegaralar yopildi.

Buning natijasida, Jons Xopkins instituti maʼlumotlariga koʻra, mamlakat “SARS-CoV-2” infeksiyasining 550 holat qayd etilib, 7 nafar bemor hayotdan koʻz yumdi.

Ekspertning fikricha, 23 milliondan ziyod aholisi boʻlgan bu davlat pandemiya bilan dunyodagi har qanday mamlakatdan koʻra yaxshiroq kurashgan.

Taʼkidlanishicha, bunga avvalgi koronavirus epidemiyasi taʼsir ham sabab boʻlishi mumkin. Negaki, 2003-yilda tarqalgan “SARS” virusidan Tayvan boshqa koʻplab mamlakatlarga qaraganda koʻproq zarar koʻrgan. Oʻshanda bir necha yuzlab odam virus bilan zararlanib, 70 dan ortiq vafot etgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер