Taekvondo WT: 5 nafar yurtdoshimiz shohsupaga koʻtarildi
Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Iordaniyaning Amman shahrida tashkil etilgan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi uchun musobaqasida oʻz ishtirokini yakunladi.
Unda qatnashgan 5 nafar yurtdoshlarimizning barchasi shohsupaga koʻtarildi.
Ikkinchi kun bahslarida Shuhrat Salayev -80 kg, Svetlana Osipova esa +73 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shu tariqa, sportchilarimiz mazkur musobaqada 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Kumush medal:
-74 kg: Jasurbek Jaysunov
-87 kg: Nikita Rafalovich
Bronza medal:
-62 kg: Feruza Sodiqova
+73 kg: Svetlana Osipova
-80 kg: Shuhrat Salayev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring