Tadbirkorlik subyektlari qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy choralari kuchaytirilmoqda — Qonun loyihasi

13:35 24 Yanvar 2023 Siyosat
635 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilinyapti.

Mazkur qonun loyihasi bilan tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini ularning roziligisiz koʻchirish yoki olib qoʻyish holatlari boʻyicha maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Yaʼni, tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarmaslik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilanmoqda.

Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qilinishi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy choralarini kuchaytirishga imkon yaratadi. Qolaversa, mulk huquqi daxlsizligining huquqiy himoyasi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер