Tadbirkorlarga taqdim etiladigan subsidiyalar monitoring qilinadi

13:37 14 Dekabr 2025 Jamiyat
675 0

Hukumat qarori (784-son, 11.12.2025-y.) bilan “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash hamda asossiz olingan va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur nizomga koʻra, qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishda ularni taqdim etadigan tashkilot tomonidan tadbirkor erishishi lozim boʻlgan aniq maqsadli koʻrsatkichlar belgilanadi.

Tadbirkorga subsidiyalar ajratilishi “subsidiya.mf.uz” platformasi orqali monitoring qilinadi.

Samaradorlikni baholashda manbalardan quyidagi ketma-ketlikda foydalaniladi:

  • tadbirkorning moliyaviy, soliq hisobotlari;
  • sohaviy idoralar yoki statistika idoralari maʼlumotlari;
  • qoʻllab-quvvatlash choralari natijalari yuzasidan tadbirkor tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar.

Samaradorlik har bir tadbirkor uchun iqtisodiy, moliyaviy (byudjet) va ijtimoiy mezonlar boʻyicha alohida baholanadi.

Tadbirkorga taqdim etilgan subsidiyalar quyidagi hollarda qaytariladi:

  • subsidiya shartnomasi (bitim) boʻyicha tadbirkor tomonidan erishish lozim boʻlgan aniq maqsadli koʻrsatkichlar bajarilmaganda;
  • mablagʻlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgani aniqlanganda;
  • tadbirkor tomonidan tegishli hujjatlar yoki maʼlumotlarni notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatish va asossiz olingani holatlari aniqlanganda.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер