Tadbirkorga kredit garovini almashtirishda yordam koʻrsatildi

12:01 05 Iyun 2022 Jamiyat
814 0

Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi “Xiva Laʻli opa” XK garov taʼminotini almashtirishda amaliy yordam soʻrab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Korxona tomonidan AT Xalq banki Xiva filiali rahbari nomiga kreditning garov taʼminotini boshqa garovga almashtirib berilishida amaliy yordam soʻrab murojaat yuborilgan va barcha kerakli boʻlgan hujjatlar taqdim etilgan. Ammo mazkur murojaat bank tomonidan asossiz ravishda javobsiz qoldirilgan. Natijada garov taʼminotini almashtirish jarayoni paysalga solingan.

Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, “Xiva Laʻli opa” XK tomonidan yuborilgan murojaat va hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganilib, AT Xalq bankining maxsus komissiyasi tomonidan garov mulklarini almashtirishga ruxsat berish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер