Tadbirkordan bajarilgan qurilish ishlari dalolatnomasini imzolash uchun 60 mln soʻm talab qilgan xoʻjalik rahbari ushlandi

16:40 14 Fevral 2024 Jamiyat
365 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorakoʻl tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qorakoʻl davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi rahbari A.J. ushbu xoʻjalikda “O.H.” MCHJ tomonidan bajarilgan 612 mln soʻmlik qurilish ishlari boʻyicha tuzilgan dalolatnomani imzolashi hamda 157 mln soʻm qarzdorlikni MCHJga oʻtkazib berishi evaziga tadbirkor L.O.dan 60 mln soʻm talab qilib, shundan 45 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер