Tadbirkor va aholi ishlab chiqargan elektr energiyasi davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi
Foto: president.uz
Prezidentimiz elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini taʼkidladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Jumladan, panel oʻrnatgan tadbirkorlar ishlab chiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. Keyingi yildan esa boshqa isteʼmolchilarga ham sotishi mumkin boʻladi.
Aholi oʻz xonadonida panel oʻrnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovati 1 ming soʻmdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 soʻm).
Har oyda hisob-kitob qilib, mablagʻlar xonadon egasining plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring