Tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

13:40 22 Yanvar 2024 Jamiyat
382 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.L.” MCHJ rahbari F.E. va boshqalar tijorat maqsadida MCHJga qarashli mehmonxona binosini umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan ulab, 495,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.I.” oilaviy korxonasi rahbari S.R. korxonaga qarashli issiqxona gaz taʼminotidan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan boʻlsada, tarmoqqa oʻgʻirlik yoʻli bilan qayta ulanib, 318,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Karmana tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.Y.” oilaviy korxonasi gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan tarmoqqa ulanib, 144,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Toshkent tumani boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. “Qizgʻaldoq” MFY hududida joylashgan savdo doʻkonini hech qanday hujjatsiz oʻgʻrilik yoʻli bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 134,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер