Tabiiy gaz: isteʼmolchilar nega norozi?

14:52 08 Iyun 2021 Jamiyat
1158 0

Ijtimoiy tarmoqlarda isteʼmol qilingan tabiiy gaz toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaslik oqibatida yuzaga kelgan qarzdorlik uchun elektron gaz hisoblagichlarning avtomatik tarzda oʻchib qolishi masalasiga alohida urgʻu berilmoqda. Ayrim isteʼmolchilar tomonidan ushbu “aqlli” gaz hisoblagichlar noreal qarzdorlik va penya uchun oʻchirib qoʻyilmoqda mazmunidagi murojaat hamda izohlar qoldirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ham noreal qarzdorlik bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro Y.A. oʻz murojaatida xonadoni tabiiy gaz taʼminotidan 860.000 soʻm qarzdorlik mavjudligi sababli tarmoqdan uzib qoʻyilganligi, isteʼmolchi bir necha marotaba mutasaddilarga murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.

Yana bir murojaatchi Toʻraqoʻrgʻonlik Nodira Akramovaning xonadoniga tuman gaz taʼminoti korxonasidan tabiiy gaz uchun 907.000 soʻm qarzdorlik borligi haqida maʼlumot kelgan. Fuqaro esa bundan norozi boʻlgan. Boisi har oygi toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelgan. Isteʼmolchi tuman gaz taʼminotiga qatnayverib kovushi yemirilgan.

Shuningdek, Xorazm viloyati Ellikqalʼa tumani Maxtumquli koʻchasida ijarada turuvchi fuqaro A.N dan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda ham isteʼmolchi gaz taʼminoti korxonasi tomonidan 2.800.000 soʻm noreal qarzdorlik boʻyicha maʼlumot kelgan. Qarzdorlik mavjud deyishgan. Murojaat oʻrganilganda esa, isteʼmolchining 630.000 soʻm qarzi borligi, 2.170.000 soʻm ortiqcha hisoblangani aniqlandi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida yashovchi fuqaro M.Anorova tomonidan ham xuddi shu mazmundagi murojaat kelib tushadi. Unga koʻra isteʼmolchiga 2 572 000 soʻm noreal qarzdorlik borligi toʻgʻrisida xabar kelgan.

Federatsiya matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur murojaatlar oʻrganilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga qariyb 6.500.000 (olti million besh yuz ming) soʻm mablagʻ undirib berilishiga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер