Tabiiy gaz bosimi barqarorlashmoqda — Energetika vazirligi

15:56 27 Yanvar 2022 Jamiyat
1546 0

Respublikamiz hududlarida tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq holat yuzasidan Energetika vazirligi tomonidan qoʻshimcha maʼlumot (soat 15:00 holatiga) berildi.

Hozirgi paytda isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Koʻrilgan choralar tufayli tabiiy gaz isteʼmolchilarining 90 foizida ijobiy natijaga erishildi.

Shu bilan birga, quyida gaz bosimi nisbatan past hududlar roʻyxati keltirilmoqda:

1. Fargʻona viloyatida — 43%;

2. Andijon viloyatida — 41%;

3. Namangan viloyatida — 39%;

4. Toshkent viloyatida — 1,4%;

5. Samarkand viloyatida — 3%;

6. Toshkent shahrida —7,5 %ni tashkil etmoqda.

Mazkur hudud isteʼmolchilarining tabiiy gaz bosimini barqarorlashtirish uchun kerakli ishlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер