Suvni ifloslantirgan shaxs jarimaga tortildi

11:01 01 Aprel 2022 Jamiyat
1422 0

Illyustrativ foto

Navoiy viloyati Xatirchi tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro I.A tumanning “Bunyodkor” MFY hududida oqib oʻtuvchi kanaldagi suvni ifloslantirayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddaning 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 810 000 soʻm jarima belgilandi.

Bu haqda Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер