Surxondaryodagi maktabda oʻqituvchilar janjallashdi

15:19 26 Avgust 2021 Jamiyat
1106 0

Surxondaryo viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan viloyatdagi maktablardan birining oʻqituvchilari oʻzaro janjallashayotgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, 23-avgust kuni soat 10:00 larda viloyatning Qumqoʻrgʻon tumani 59-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlovchi R.Azizbek, N.Nurilla, N.Nasiba, M.Baxtiyor oʻzlariga oldindan tanish boʻlgan shu maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlovchi D.Xaitmurod oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning oqibatida ular bir-biri bilan janjallashib, urib-doʻpposlab, badanga yengil shikast yetkazishda ifodalangan bezorilik jinoyatini qasddan sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan 24-avgustda Qumqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan R.Azizbek, N.Nasiba, N.Nurilla, M.Baxtiyor va D.Xaitmurodga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shu kunning oʻzida gumon qilinuvchi R.Azizbek, N.Nurilla, M.Baxtiyor va D.Xaitmurod Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirgi kunda Qumqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер