Surxondaryoda maktab bitiruvchilari janjallashdi

19:03 16 May 2024 Jamiyat
484 0

Фото: Видеодан кадр

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 59-maktab yaqinida 9 nafar maktab oʻquvchilari ikki fuqaroni kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu holatga izoh berdi

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 9-aprel kuni dars mashgʻulotlaridan soʻng maktab hududidan tashqarida sodir boʻlgan. Tumandagi 15-sonli hamda 59-sonli umumtaʼlim maktablarining bir guruh 11-sinf oʻquvchilari hamda tumanning Qiziltepa mahallasida yashovchi fuqaro oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik, uning ortidan esa janjal kelib chiqqan.

Holat boʻyicha Oltinsoy tuman IIB tomonidan jinoyat ishi ochilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер