Surxondaryoda “Lacetti” 8 yoshli bolani urib ketdi
Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani, Sovjironbobo mahallasi hududidan oʻtuvchi M-41 avtomobil yoʻlining 1513-kilometrida 2021-yil 22-sentabr kuni soat 15:30 larda, 1983-yilda tugʻilgan haydovchi “Lacetti” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan 2013-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, piyoda M.U. tan jarohati bilan haydovchi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Mazkur YTH yuzasidan surishtiruvlar davomida transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
YTH yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring