Surxondaryoda ekin yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.J. “Tillakamar” MFY hududidagi 35 sotix zaxiradagi sugʻoriladigan ekin yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring