Surxondaryoda bojxonachilar portlovchi moddani ushlab qolishdi
Illyustrativ foto
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari qoʻshni Turkmaniston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarining biriga joylashtirilgan portlovchi modda hamda uning bir dona detonatorini ushlab qoldi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar guruhi xabar berdi.
Mazkur holatda ham tungi soat 2.00larda Vatanimizga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan oʻtkazilganda tarkibidagi vagonlardan birining koʻz ilgʻamas joyiga qizgʻish rangli “Trotilovaya shashka ves 200 gramm” nomli portlovchi modda va uning bir dona detonatori ustomonlik bilan joylashtirilgani aniqlanib, toʻxtatib qolingan.
Ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring