Surxondaryoda bir kishi kasallikdan batamom xalos boʻldi
Bugun Surxondaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bir nafar pandemiyaga chalingan bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga chiqarildi. Shuningdek, bemorlarni davolashda xizmat qilgan 34 nafar tibbiyot xodimi kuzatildi.
Koronavirusga chalingan bemor joriy yilning 28-mart kuni Moskva shahridan charter reys bilan Termiz xalqaro aeroportiga kelib, karantin muddatini oʻtayotganida kasallik aniqlangan Sirdaryo viloyatilik 31 yoshdagi fuqaro boʻlib, mazkur shifoxonada butunlay sogʻaygan birinchi yurtdoshimizdir.
Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasidan aytishlaricha, ayni paytda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 28 nafar bemor davolanayotir. Ularning ahvoli yaxshi boʻlib, davolash ishlari belgilangan standartlar va videokonsulimlar asosida malakali shifokorlar tomonidan olib borilmoqda.

Samarali muolajalar yordamida darddan butunlay forigʻ boʻlgan yurtdoshimiz viloyat hokimligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida kuzatildi.
Pandemiyaga chalingan bemorlarning yana bir guruhi yaqin kunlarda toʻliq sogʻayib, chiqishi kutilmoqda.
Xolmoʻmin MAMATRAYIMOV, OʻzA
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring