Surxondaryoda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan Ш.Т., Ф.С. va Ж.М. “Bogʻishamol” MFY hududida fuqaro А.А.га jami 2 000 quti “ESSE CHANGE” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 46 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 2 421 quti aksiz markasiz tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring