Surxondaryoda 60 mln dollarlik parrandachilik kompleksi va naslchilik loyihalari ishga tushiriladi
Illyustrativ foto
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda yiliga 45 ming tonna parranda goʻshtiga ehtiyoji boʻlgan Surxondaryoda birorta yirik parrandachilik kompleksi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Joriy yil viloyatda 60 million dollarlik 18 ta parrandachilik kompleksi va naslchilik loyihalarini ishga tushirish rejasi belgilab olindi.
Surxondaryoda tabiat erta uygʻongani bois, asalarichilar uchun mavsum shu yerdan boshlanadi. Agar naslli ona ari genetikasi viloyatda yoʻlga qoʻyilsa, sohada “katta sakrash” boʻladi.
Shu munosabat bilan ona arining nasllarini olib kelish, 150 ming nasldor asalari paketini ishlab chiqarish boʻyicha 30 ta loyihani boshlash topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring