Surxondaryoda 586 nafar oilaga koʻmak berildi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 586 nafar ehtiyojmand oilaga jami 673 million 911 ming soʻm mablagʻ ajratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish belgilangan.
Shunga koʻra, joriy yilda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 586 nafar ehtiyojmand oilaga jami 673 million 911 ming soʻm mablagʻ ajratilgan. Shundan, 213 nafar kam taʼminlangan oila farzandlari uchun maktab formalari, shuningdek, oʻquv qurollari xarid qilish uchun 150 million 920 ming soʻm mablagʻ ajratilgan.
Jarqoʻrgʻon tumanida ham ehtiyojmand oila farzandlari uchun xarid qilingan maktab formalari bolajonlarga topshirilganidan ota-onalar behad mamnun boʻlishdi.
— Yangi Oʻzbekistonimiz haqiqiy maʼnoda ijtimoiy davlat boʻldi, — deydi “Qoʻldovli” mahallasidan Saydulla Ishanqulov. — Maktab yoshidagi uch nafar farzandim bor. Ularning har biriga maktab formasi olib berildi. Bizga koʻrsatilayotgan bunday koʻmaklardan behad mamnunmiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring