Surxondaryoda 3 ming gektarlik yirik agroindustrial loyiha boshlandi
Surxondaryoda 3 ming gektar maydonni qamrab olgan, 96 million dollarlik investitsiya va 300 ta yangi ish oʻrnini oʻz ichiga olgan yirik agro-industrial loyihaga rasman start berildi. Ushbu loyiha viloyat qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarish sohasini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Joriy yil oktyabr oyida Surxondaryo viloyati hokimi va Xitoy Xalq Respublikasining “Anhui Wende Holding Group” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Yan Syumey oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar amaliy natija berdi. Kelishuvlar asosida Termiz tumanida “Huamian Taifeng Termiz” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi va 3 ming gektar maydonda zamonaviy tomchilatib sugʻorish texnologiyasi asosida paxta yetishtirish hamda uni sanoat zanjiri boʻylab toʻliq qayta ishlash loyihasiga boshlangʻich berildi.
Loyiha nafaqat hududda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, balki mahalliy aholi uchun yangi ish oʻrinlari va barqaror daromad manbaini yaratishi bilan ham ahamiyatlidir.
Qiymati 96 million dollar boʻlgan ushbu tashabbus doirasida 300 ta doimiy ish oʻrni yaratilishi, yillik eksport hajmi esa 12 million dollarga yetishi rejalashtirilgan. Termizning olis Gulbahor mahallasida amalga oshirilayotgan loyiha uchun ishchi kuchining asosiy qismi mahalliy aholidan shakllantiriladi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring