Surxondaryoda 17 yoshli qiz bedarak yoʻqoldi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida 17 yoshli qiz bedarak yoʻqoldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumani «Koʻxisor» mahallasida yashovchi 2007-yil tugʻilgan Mahkamova Savrina Xurshedovna 2024-yil 28-may kuni yashash manzilidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan.
Ushbu fuqaroni topilishida koʻmaklashganlar 5 million soʻm pul mablagʻi bilan mukofotlanadi hamda maʼlumot bergan shaxslarning shaxsiga oid maʼlumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
U haqida maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish soʻraldi: 102, +998-91-232-01-01, +998-88-875-02-00
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring