Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov raisligida “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi I.Nimatullayev ishtirokida Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini oldini olish yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda viloyat prokurorlari, viloyati hokimi oʻrinbosarlari, IIB, MIB, Departament boshqarma boshliqlari, tuman (shahar) prokurorlari, IIB boshliqlari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJning viloyat, tuman (shahar) filiallari rahbar, oʻrinbosar, bosh muhandislari hamda yirik gaz va elektr energiyasi isteʼmolchilari ishtirok etdi.
Yigʻilishda ishtirokchilarga taʼminot korxonalari xodimlari va ulgurji isteʼmolchilar tmoonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Shu bilan birga, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-toroj qilish holatlari oʻgʻirlik jinoyati sifatida baholanishi, yirik isteʼmolchilar va energiya taʼminoti korxonalari rahbarlari va xodimlari tomonidan energiya resurlarini talon-toroj qilish davom etayotgani tanqid ostiga olindi.
Bundan tashqari, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish rejasining bajarilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli tanqidiy tarzda muhokama qilinib, kelgusida ushbu yoʻnalishda bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring