Surxondaryo hokimi Bahodir Jalolovga “Skoda” avtomobilini sovgʻa qildi
Bugun Termiz shahrida Tokioda boʻlib oʻtgan XXXII-yozgi olimpiya oʻyinlarida sportning boks turi boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan Bahodir Jalolovni tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, talaba-yoshlar va yosh sportchilar ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov mahoratli bokschimizni erishgan gʻalabasi bilan muborakbod etib, unga «Skoda» yengil avtomashinasining kalitini topshirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring