Sunʼiy intellekt ichimlik suvi taqchilligiga sabab boʻlishi mumkin

04:54 23 Aprel 2023 Dunyo
1198 0

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga qaraganda, “ChatGPT” 100 ta savolga javob berishi uchun bir litr suv sarflaydi, faqat “GPT-3” til modeli asosida “ChatGPT”ni yaratish va oʻqitish uchun kuniga 700 ming litr suv kerak boʻlgan. Bu 5000 kishilik kichik qishloqning kunlik isteʼmoli bilan teng demakdir. Agarda chatbotni oʻqitish va tuzish uchun taxminan bir oy vaqt ketgan taqdirda ham u sarflagan ichimlik suvi miqdori qariyb Oʻzbekistonning yarim aholisi isteʼmol qiladigan miqdorga teng boʻlardi.

Shuningdek, serverlarni sovitish va ortiqcha yuklamalarni yengillashtirish uchun ham toza ichimlik suvi talab qilinadi. “ChatGPT” serverlari kuniga 320 ta “Tesla” avtomobilini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan suvni sarf qiladi. 2023-yil fevral oyi maʼlumotlariga koʻra, “ChatGPT” saytiga kuniga 13 million foydalanuvchi tashrif buyuradi. Bu soniyasiga 150 kishi degani.

Faqat “ChatGPT”ni oʻqitish uchun 1300 MVt/soatdan koʻproq elektr energiyasi kerak boʻlgan. Bundan tashqari, bu energiya miqdori Fargʻonadan Ustyurtgacha deyarli 1600-marta borib-kelishga yetadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер