Sugʻurtasiz avtomobillar jarima maydoniga qoʻyilmaydi

11:25 29 Sentyabr 2020 Jamiyat
1841 0

Illyustrativ foto

“Byurokratik toʻsiqlar yana-da qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–638, 28.09.2020) Prezident tomonidan imzolangani haqida xabar bergan edik.

Mazkur Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgarishga koʻra, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganligi, shuningdek sugʻurta polisining haydovchi yonida boʻlmasligi transport vositalarini ushlab turishga asos boʻlmaydi.

Shuningdek, Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish vaqtida undan turar joyidan maʼlumotnoma talab qilinishi bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер