Subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.X.” MChJ rahbari N.M. Shahrisabz shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, MChJga ajratilgan 215 mln so‘m subsidiya mablag‘lari hisobdan xarid qilingan “Damas” rusumli avtotransport vositasini boshqa shaxslarga sotib yuborib, 150,5 mln so‘m subsidiya mablag‘ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shuningdek, “A.X.” IChK rahbari Z.X. Shahrisabz shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, 10 nafar xotin-qizning ish bilan ta’minlanganligi haqida qaydnomalarni soxtalashtirib, 61 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring