Stiven XOKING: “Vaqtning qisqacha tarixi”
Stiven Xoking fan olamida yorqin shaxs edi. Uning fikr quvvati samoviy xayolot cheksizligidan oziqlanar edi. Masalan, Eyneshteyn kabi. Haqiqiy olimlar ish uslubiyati aslida bu.
Xokingning fikrlari qadrli edi. U uzoq yillar muroqabaga cho’mgan qadimgi so’fiyni yoki buddaviyni, yoki zardo’shtiyni, yoki nasroniyni eslatar edi. Odamlardan yashirinib, g’or ichida uzoq yillar muroqabaga cho’mgan. Aslida ham, Xoking uzoq yillar shu ahvolga tushdi, shu jarayonda edi. Kasalligi uning g’ori bo’ldi. Bu shakl orqali u odamlardan yashirindi, qiziq.
“Vaqtning qisqacha tarixi” - uning mashhur kitobi. Dunyoning deyarli hamma tillariga tarjima qilingan. Faqat, afsuski, o’zbek tiliga tarjima qilinmagan. Bu kitob juda yorqin va tiniq fikr uyg’otishi bilan birga kamchiliklardan ham xoli emas. Bu endi Evropaning Sharq ilm-fanini yaxshi bilmasligi bilan bog’liq psixologik masala. Mayli, bu boshqa masala.
“Vaqtning qisqacha tarixi” muallif fikrining cheksizlikdan oziqlanishi mevasi o’laroq, insoniyat uchun yaxshi bir qo’llanma.
Xokingning ish uslubi, ya’ni fikrlash metodi, albatta, o’zidan oldin o’tgan ulug’ olimlarnikiga o’xshaydi. Hatto, fikrlashda ulardan ham oldinga o’tib ketdi. Ulkan portlash haqidagi gipotezalari hali yana boshqa tezislar bilan boyitiladigan fanda yangi bir soha bo’ladi.
Xoking qora tuynuk muammosini fikri orqali o’rganayotgan zamonaviy olimlardan bittasi edi. Bu esa ulug’ ish va bu yo’l qahramonlikni talab qiladi.
Uning holati - kasalligi shu qora tuynuk edi. Xoking vafot etdi, uning ruhi shu qora tuynukdan chiqib osmonga parvoz etdi. Aslida, ruhi doim parvozda ekan - endi bildi!
Asat KARIMOV
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring