Oʻzbekistonda 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi

17:39 20 Yanvar 2022 Jamiyat
986 0

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining yangi shtammi keng tarqalishining oldini olish maqsadida xalqaro va respublika darajasidagi ekspertlar tavsiyalari hamda aholi murojaatlarini inobatga oli6, COVID-19ga qarshi 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarni “Pfizer” vaksinasi bilan (ota-onalar yoki vasiylarning roziligi bilan) ixtiyoriylik asosida emlashga ruxsat berildi.

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

“Pfizer” vaksinasi bilan 12 yosh va undan katta boʻlgan aholini emlash uchun 0,3 ml emlash dozalari ishlatilgan boʻlsa, 5 - 11 yoshdagi bolalarni emlash uchun 0,1 ml doza qoʻllaniladi.

Emlangan bolalar haqidagi maʼlumotlar emlash.uz dasturiga kiritib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер