SSV: Koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar uchun pul mablagʻi berilayotgani haqidagi xabarlar asossiz

13:19 15 Fevral 2022 Jamiyat
863 0

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali yurtimizda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm miqdorida pul mablagʻi berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qildi.

"Sir emas, koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali turli asossiz, hech qanday haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan uydirma maʼlumotlarni tarqatish hollari tez-tez kuzatilmoqda.

Bu esa, oʻz navbatida, keng jamoatchilik orasida turli tushunmovchiliklarning yuzaga kelishiga, baʼzi hollarda esa ortiqcha sarosimalarga sabab boʻlmoqda. Jumladan, vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm miqdorida pul mablagʻi berilayotgani haqidagi yuqorida keltirilgan axborot ham ana shunday maqsadda tarqatilgan boʻlib, hech qanday rasmiy asosga ega emas. 

Shu bois vazirlik aholidan bu kabi feyk xabarlarga ishonmasliklarini, vaksinatsiya jarayonlari bilan bogʻliq eng toʻgʻri maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy ssv.uz sayti hamda telegramdagi maxsus sahifalari orqali olishlari mumkinligini eslatib oʻtadi.

Unutmang, bu kabi yolgʻon xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻladi" deyiladi SSV axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер