SSV kimlar vaksina olmasligi mumkinligiga aniqlik kiritdi
Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida 18 va undan yuqori yoshdagi aholini SOVID-19ga qarshi emlash tartiblariga koʻra, emlashga qarshi vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Komissiya tomonidan taqdim qilinadigan tibbiy cheklov toʻgʻrisida maʼlumotnomada quyidagilar aks etadi:
Vaqtinchalik qarshi koʻrsatmalar:
Koronavirus kasalligining oʻtkir shakli boʻlgan bemorlar;
laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar boʻlmagan shaxslar;
koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi.
Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:
anamnezida ogʻir allergik reaksiyalari (anafilaktik shok) boʻlgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat boʻlganda);
homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumot yetarli emasligi sababli);
18 yoshgacha boʻlgan bolalar;
anamnezida tugʻma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infeksiyasi boʻlgan bemorlar;
vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi boʻlgan shaxslar.
SOVID-19 vaksinatsiyasiga qarshi koʻrsatmalar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oilaviy shifokori tomonidan aniqlanadi va cheklov toʻgʻrisida xulosa berish maqsadida maxsus komissiyaga yuboriladi. Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Koronavirus infeksiyasining oʻtkir shakli simptomlari boʻlgan bemorlar, shuningdek, laboratoriyada SOVID-19ga musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan (simptomsiz) shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan soʻng emlanadi.
JSSTning tavsiyalariga asoslangan xolda SOVID-19 kasalligidan sogʻaygan va reabilitatsiya davrini oʻtkazgan shaxs shifokor ruxsati bilan 3-6 oydan soʻng emlanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring