Sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yoʻlga qoʻyiladi

17:40 04 Yanvar 2024 Jamiyat
406 0

Hukumat qarori bilan (309-son, 24.07.2023-y.) “Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga koʻra, Sport pasporti ikkinchi oʻsmirlar sport razryadidan past boʻlmagan razryadga ega boʻlgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shugʻullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan koʻrsatiladi.

16 yoshga toʻlmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

Cport pasportining amal qilish muddati – 5 yil boʻlib, undan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

— bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga oʻtishda;

— sport musobaqalarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishda;

— tibbiy tekshiruvdan oʻtishda;
— sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur boʻlgan normalar hamda talablarning bajarilishida;
— qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.

Ariza DXM orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan BHMning 1/6 qismi (55 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер