Sport maktablari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar Adliya vazirligida hisobga olindi
Gigiyenik talablarga koʻra, oʻquvchi-sportchilar uchun oziq-ovqat ratsioni bir qator asosiy gigiyenik talablarga javob berishi kerak.
Jumladan:
— ratsionning kunlik kaloriya miqdori sportchining energiya sarflariga mos kelishi;
— ratsionning kimyoviy tarkibi, kaloriya miqdori va hajmi sport turini hamda tayyorgarlik davrini hisobga olgan holda oʻquvchi-sportchi organizmining ehtiyojlari va xususiyatlariga mos kelishi;
— oziq-ovqat tarkibidagi oqsillar, yogʻlar va uglevodlar balanslashgan boʻlishi, ularning miqdori sport turini va mashgʻulot jarayonining intensivligini hisobga olgan nisbatlarda boʻlishi;
— kundalik ratsionda oʻsimlik va hayvon mahsulotlarining keng assortimenti boʻlishi;
— oziq-ovqat zararsiz (zaharli moddalar va patogen bakteriyalarni oʻz ichiga olmagan holda) boʻlishi.
Shuningdek, ushbu Gigiyenik talablar bilan sport turlari bilan shugʻullanuvchi oʻquvchi-sportchilar uchun kunlik talab etiladigan kaloriya va asosiy ozuqaviy moddalar (oqsil, yogʻ va uglevodlar), kunlik vitamin va mineral moddalar miqdorlari belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Gigiyenik talablarda oʻquvchi-sportchilar uchun ratsionni tuzishda mahsulotlarga ishlov berish usuli, oshqozonda ozuqaviy moddalarni hazm qilish vaqti, ularning ichaklarda harakatlanish tezligi va mahsulotlarning organizmda soʻrilishi hisobga olinishi shartligi nazarda tutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring