Sport kiyimlari 100 foiz eksport qilinmoqda

09:16 25 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
1659 0

Andijon viloyatida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlariga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Misol uchun, yaqindagina ish boshlagan Andijon shahridagi “Drohmm textile” MCHJ tomonidan tayyorlangan sport kiyimlari yuz foiz Rossiya va Qozogʻiston davlatlariga eksport qilinmoqda.

— Fabrikamizda 500 nafar ishchilar faoliyat yuritmoqda, — deydi korxona rahbari Xurshidbek Ahmedov. — Shulardan 130 nafarini “Temir daftar” tarkibiga kiritilgan oilalar xotin-qizlari tashkil etadi. Ular tomonidan bir kunda 10 ming dona kiyim-kechak tayyorlanmoqda.

Mahsulotga talab ortgani sari ishlab chiqarishga boʻlgan ehtiyoj ham ortmoqda. Shu bois tez  kunlarda ishchilar sonini 1200 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shunda bir kunlik ishlab chiqarish quvvati 30 ming donani tashkil etadi. Buning uchun Germaniya. Turkiya va Koreya davlatlaridan eng zamonaviy dastgohlar olib kelindi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер