Soʻnggi ikki yilda 382 nafar mansabdor pora olishi bilan bogʻliq jinoyat sodir etgan
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Karimjon Musashayxovning maʼlum qilishicha, soʻnggi ikki yilda (2021-2022-yillarda) 486 nafar shaxs pora olish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 15 nafarini nodavlat tashkilotlar mansabdor shaxsi, 88 nafarini davlat organlari xizmatchisi va 382 nafarini davlat organlari mansabdor shaxsi tashkil qilgan.
Jinoyat sodir etganlarning 62 nafari maktabgacha taʼlim, 53 nafari sogʻliqni saqlash, 49 nafari xalq taʼlimi, 30 nafari elektr va gaz taʼminoti korxonalari, 25 nafari nodavlat tijorat tashkiloti, 20 nafari qishloq va suv xoʻjaligi, 15 nafari mahalliy hokimiyat, 14 nafardan soliq, kadastr, 13 nafardan bandlik, transport, ekologiya, 8 nafardan moliya, agroinspeksiya, 7 nafari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, 6 nafardan oliy taʼlim, madaniyat, qurilish, mudofaa, 5 nafari bank, 3 nafari iqtisodiyot va 43 nafarini boshqa soha xodimlarini tashkil qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring